Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda ikkita avtobus bir-biri bilan to‘qnashdi

Toshkentda ikkita avtobus bir-biri bilan to‘qnashdi

Toshkentda ikkita “Yutong” rusumli avtobuslar Yangi hayot tumanidagi tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasiga yetmasdan Quruvchilar ko‘chasi ulgurji bozor bekatiga burilayotgan vaqtda bir-biri bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 25-sentyabr kuni soat 06:45 larda, “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli, davlat raqami 01| 032 HKA bo‘lgan, 117-sonli yo‘nalish haydovchisi A.Y boshqaruvidagi avtobus Yangi hayot tumani Xonabod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasiga yetmasdan Quruvchilar ko‘chasi ulgurji bozor bekatiga burilayotgan vaqtda, “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli, davlat raqami 01| 213 PKA bo‘lgan, 55-sonli yo‘nalish haydovchisi SH.Sh boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Hozirda sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!