Kuni kecha, 5 yanvar kuni soat 13:58 da Toshkent shahar, Yashnaobod tumani, Boyqo‘rg‘on mahallasi Sultonali Mashxadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng fuqaroga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xadimlaoiga topshirilgan. Fuqaro yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxshi.