O‘zbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.
Toshkent shahrida yana uchta havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatik stansiya o‘rnatildi, deya xabar beradi «Zamin» xalqaro fondi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, mazkur stansiyalar xalqaro fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining «Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish» qo‘shma loyihasi doirasida ishga tushirildi.
Loyiha boshlanganidan buyon O‘zbekistonda monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga jami 19 ta avtomatik stansiya ulandi.