Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi

A A A
Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi

Poytaxtimizdagi “Damariq” kanalining Olmazor tumani, “Taraqqiyot” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi qismida “Soy bo‘yi sayilgohi” dam olish maskanini barpo etish loyihasi asosida obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha buyurtmachisi etib “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan. Buyurtmachi bilan bosh pudratchi o‘rtasida shartnoma imzolangan bo‘lib, loyihaning umumiy hajmi 17 064 042 000 so‘mni tashkil etadi. Shundan 4 775 000 000 so‘m mablag‘ joriy yilda ko‘zda tutilgan tadbirlarga sarflanadi.

Dam olish maskani barpo etilishiga tamal toshi qo‘yilishi arafasida “Damariq” kanali atrofida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, 18 ta turar va 9 ta noturar joy ob’ekti buzildi, daraxtlarga shakl berildi, kanal atrofi obodonlashtirildi.

E’tiborlisi, “Soy bo‘yi sayilgohi” dam olish maskanida jahonning turfa shaharlari ramzlariga aylangan — Parij shahridagi Eyfel, Londondagi Big Ben, Buxoroi sharifdagi Minorai Kalon singari dunyoga dong‘i ketgan obidalar qiyofasini aks ettiruvchi binolar ham bunyod etiladi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 18:36 27.11.2018. O'qildi: 2426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik