Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda yer usti metrosining 6- va 7-metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

A A A
Toshkentda yer usti metrosining 6- va 7-metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

Toshkent shahar Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich inshootining ikki tarafidan THAYga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 6- va 7-metro bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Rohat 5-metro bekati - Qo‘yliq 7-metro bekati" metro bekatlari oralig‘ida vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo‘nalishidagi harakat jadvallari soni "ISUZU" rusumli avtobuslar asosida haftaning barcha kunlariga 2 ta, yo‘nalishning ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

Kiritildi: 22:24 13.07.2022. O'qildi: 3085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!