Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda bir necha kun oldin o‘rnatilgan chiqindi qutilari va o‘rindiqlar olib ketilgan

Toshkentda bir necha kun oldin o‘rnatilgan chiqindi qutilari va o‘rindiqlar olib ketilgan

Toshkentda bir necha kun oldin o‘rnatilgan chiqindi qutilari va o‘rindiqlar olib ketilganiga izoh berildi.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir necha kun oldin o‘rnatilgan chiqindi qutilari va o‘rindiqlar olib ketilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya boshqarmasi holatga izoh berdi.

“Bundan bir hafta avval Chilonzor tumanining Novza ko‘chasidan o‘tgan Anhorbo‘yi obodonlashtirildi. Ammo bugun kunning birinchi yarmidayoq negadir ularning hammasi qaytarib olib ketildi, chiqindi qutilariga to‘plangan chiqindilar esa anhorga to‘kildi” mazmunida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va qilim o‘zgarishi boshqarmasining Chilonzor tumani inspeksiyasi tomonidan o‘rganilganda, o‘rindiq va urnalar boshqasiga almashtirish uchun olib ketilgani aniqlanib, chiqindi tashlagani uchun mas’ul J.J.ga nisbatan jarima qo‘llandi, — deyiladi boshqarma xabarida.

Kiritildi: 08:41 30.06.2024. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!