Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga bepul PZR-test tahlili o‘tkazadigan laboratoriyalarga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi
Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID-poliklinikalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ularda koronavirusga qarshi PZR-test sinamalari har kuni 24 soat davomida topshirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari, fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida ham shunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.
Quyida ushbu xizmatning Toshkentdagi 12 ta PZR-tahlili o‘tkazish laboratoriyasi manzillari haqida ma’lumot keltirilgan:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi (Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy);
Eslatib o‘tamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR-test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul o‘tkaziladi.