Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda "banan operasiyasi" aybdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda "banan operasiyasi" aybdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bektemir tumani IIO FMBga 40 yoshli Anvar SH. murojaat qilib, 47 yoshli Umidjon M. va 42 yoshli Akromjon Y.lar 2018 yil yanvar oyidan, 2023 yil noyabr oyida qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, unga tegishli banan mahsulotini qimmat narxda sotib berishini va’da qilganliklarini bayon etgan.

Biroq Umidjon va Akromjonlar tadbirkorning ishonchini suiiste’mol qilgan holda undan jami 8.638.265.000 so‘mlik mahsulotni olib, keyinchalik sotib yuborgan holda va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 16:25 25.07.2024. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!