7-aprel kuni soat 23.08 da Mirobod tumanida noma’lum shaxslar 31 yoshli Sevara YA.ga tegishli bo‘lgan Lasetti rusumli avtomobil ichida kaliti bilan qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, mashinani noma’lum yo‘nalishda haydab ketganlar.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashinani olib qochganlikda gumonlanuvchi fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular 21 yoshli Ruslan F. va 33 yoshli Sherzod A.lar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchilar qo‘lga olindilar. Transport vositasi Chilonzor tumanidagi garajda topildi. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi ( Transport vositasini olib qochish ) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.