Toshkentda archa o‘g‘rilari qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 2018 yil 3 aprel kuni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi D.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 29 martga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yuqoridagi fermer xo‘jaligiga devor oshish yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 39 mln. 900 ming so‘mlik 19 dona “Pikka pungens” navli archalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchilar J.N., M.Z. va M.S.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.