Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda angrenlik o‘g‘ri qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda angrenlik o‘g‘ri qo‘lga olindi

Shu yil 18 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumanida vaqtincha yashovchi S.M.ning uyiga shaxta orqali kirib, yotoqxonasidan 17.400.000 so‘m puli, 500 AQSh dollari va umumiy qiymati 30 mln. so‘mlik turli hildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahri 18-dahada yashovchi D.CH. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 16:23 05.05.2019. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik