Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 47 yoshli ayol qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda 47 yoshli ayol qo‘lga olindi

3-aprel kuni Uchtepa tumanida olib borilgan dorixonalardan tashqarida dori vositalarining noqonuniy sotuvi bilan bog‘liq faktlarni aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbir davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 47 yoshli Go‘zal A. ismli fuqaro qo‘lga olindi.

Xolislar guvohligida o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida qo‘lga olingan shaxsning yonidan 41 konvalyuta va 610 tabletka Tramadol dori vositasi, shuningdek 30 tabletka Lirika dori vositasi topildi. Bundan tashqari, Go‘zalning xonadoni tekshirilgach, xodimlar u yerdan 500 konvalyuta (5 000 tabletka) Tramadol topishdi.

Go‘zal A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha ( Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish ) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:33 05.04.2019. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik