Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi

Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Ular 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

🏥 Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

👶 Ulardan birinchisi o‘g‘il bo‘lib, vazni 1412 gramm, bo‘yi 37 sm.

👶 Ikkinchisi esa qizaloq, vazni 1624 gramm, bo‘yi 37 sm.

👶 Uchinchi egizak ham qizaloq, vazni 1466 gramm, bo‘yi 37 sm.

👶 To‘rtinchisi o‘g‘il, vazni 1780 gramm, bo‘yi 38 sm.

📌 Ayni paytda chaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:22. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!