Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 23 yoshli yigit qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda 23 yoshli yigit qo‘lga olindi

Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 39 yoshli Tavakkaljon M. murojaat qilib, 8 mart kuni taxminan soat 13.00 da noma’lum shaxs uning uyiga kirib, drel, perforator va boshqa jami narxi 4.250.000 so‘m bo‘lgan qurilish qurollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida g‘arazgo‘y shaxs to‘siqdan oshib o‘tib uyga kirganligi aniqlandi. O‘g‘rilikda gumonlanuvchi tariqasida 23 yoshli Rixsiddin J. qo‘lga olindi.

Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:55 23.03.2021. O'qildi: 3735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik