Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik noqonuniy sigaret topildi

Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik noqonuniy sigaret topildi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari tezkor xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdordagi tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Fuqaro M.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Mirobod tumanida istiqomat qiluchi fuqaro A.SH. xonadoni yonida to‘xtaganidan so‘ng mazkur xonadon va avtomashina o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, xonadon yerto‘lasidan 13 xil nomdagi 13 ming 509 quti va avtomashinadan 7 xil nomdagi 11 ming quti xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tadbir natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati 1,1 milliard so‘mlik jami 24 ming 509 quti sigaretlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilyapti.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 22:29 11.01.2019. O'qildi: 1668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!