Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosi boshqa joyga ko‘chirildi. Bu haqda Toshkent IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent shahar YHXB binosida joylashgan Yo‘l harakati sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi endilikda o‘z faoliyatini yangi manzilda davom ettirishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Shu yilning 16 iyul kunidan boshlab YTH ishtirokchilari va guvohlari Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 16-uyda qabul qilinishi ta’kidlanyapti.
Ma’lumot uchun telefon: (+99899) 177-05-80, (+99898) 313-55-00, (+99898) 126-76-27.