Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent viloyatida talaba rashk sababli bir kishini pichoqladi

A A A
Toshkent viloyatida talaba rashk sababli bir kishini pichoqladi

2019 yil 7 aprel kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Ahil mahallasida yashovchi A.A. (1993-y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) shu mahalladagi Senyor Pomidor pasta BBQ kafesi oldida fuqaro B.X. (1992-y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. A.A. tegishli prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 18:49 08.04.2019. O'qildi: 1918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik