Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida madaniy meros obektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirishda bir qator noyob arxeologiya yodgorliklariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlandi.
Xususan:
▫️Oqqo‘rg‘on tumanida "Zokirtepa" (V – VII asrlar) yodgorligining 1400 m3 qismi terak ekish uchun qazilishi natijasida 44,6 mlrd so‘m;
"Sanchtepa" yodgorligining 129 m3 qismi yo‘l ochish uchun tekislanib 2,2 mlrd so‘m;
▫️Parkent tumanida "Qoravultepa" yodgorligining 941 m3 qismi va "Ertepa" yodgorligining 23 m3 qismi buzilib, jami 16,4 mlrd so‘m;
▫️Piskent tumanida "Mingtepa" (mil. avv. V asr) yodgorligining 7000 m3 qismi buzilib, 231 mlrd so‘m;
▫️Ohangaron tumanida "Dumgalaktepa" (V - VI asrlar) yodgorligining 658 m3 qismi texnika yordamida qazilib 21 mlrd so‘m;
▫️Yuqorichirchiq tumanida "Xojakaytepa" (V - VII asrlar) yodgorligining 43 m3 qismi tekislanib 1,3 mlrd so‘m;
▫️O‘rtachirchiq tumanida "Tuyabo‘g‘iztepa" yodgorligining 54 m3 qismi buzilib, 1,7 mlrd so‘m;
▫️Nurafshon shahrida "Chordaratepa" (III - VIII asrlar) yodgorligining 38 m3 qismi buzilib 1,2 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Jami 13 ta yodgorlikka 342 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.