Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatdagi 48-sonli manzil-koloniyasi mahkumlari yashirin ravishda qochib ketishdi

Toshkent viloyatdagi 48-sonli manzil-koloniyasi mahkumlari yashirin ravishda qochib ketishdi

Toshkent viloyatdagi 48-sonli manzil-koloniyasida jazo o‘tashi belgilangan ikki mahkum, qochish maqsadida oldindan til biriktirib, 2019 yil 6 fevral kuniga o‘tar kechasi soat 02:31 da yashirin ravishda qochib ketib o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilganlari aytilmoqda.

“Jahon.uz” internet nashri ishonchli manbasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, M.Djalalov va YO.Sabirovlar oldindan til biriktirib, xavfli residivist bo‘la turib, 2019 yil 6 fevral kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 03:00 da Yunusobod tumani, 4-mavze, 44-uyning oldiga yo‘lovchi avtomashinada kelib, mazkur uyning orqa tarafida qarovsiz qoldirilgan, Q.Xidoyatovga tegishli “Lacetti Gentra” rusumli avtomashinaning o‘ng old eshigi ochiqligidan foydalanib, avtomashina saloni bardachogidan pul va erkaklar atirini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Ish holatiga ko‘ra, M.Djalalov 2019 yil 29 yanvardan buyon Toshkent viloyat IIB JIEBga qarashli 48-sonli manzil koloniyasida jazoni o‘tab kelib, 2019 yil 4 fevraldan boshlab Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Global Trade” MCHJda shartnoma asosida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan va shu yerda ishlab kelayotgan bo‘lgan.

Kiritildi: 10:21 14.06.2019. O'qildi: 4975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!