Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash 2021 yil boshiga qoldirildi

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash 2021 yil boshiga qoldirildi

O‘zbekiston va Tojikiston oktyabr oyi o‘rtalarida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlarni 1 noyabrdan tiklash masalasini muhokama qilgandi, keyinchalik bu muddat 1 dekabrgacha deb belgilandi. Endi esa yangi muddat  — 2021 yil 1 yanvar ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar bermoqda Asia-Plus, Tojikiston hukumatidagi manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, har ikkala davlatdagi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat hukumatga bu masalada tezkor va yakuniy qarorga kelishga imkon bermayapti.

Shunga qaramay, Tojikiston fuqaro aviasiyasi Toshkentga aviaqatnovlarni tiklashga ruxsat olgan, ammo parvozlarning aniq sanasi va jadvali noma’lumligicha qolmoqda.

«Tegishli qaror o‘zbekistonlik hamkasblarda ham bor, lekin aviaaloqalar boshlanishi aniq sanasi hozircha noma’lum. Parvozlardan avval barcha jabhalar — qaysi aviakompaniyalar uchadi, qanday jadval bo‘yicha, pandemiya bilan bog‘liq masalalarni aniqlashtirish lozim», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu va boshqa masalalarni muhokama qilish uchun yaqin kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston aviasiya rahbarlari onlayn uchrashuvi tashkil etilishi, unda Toshkent—Dushanbe—Toshkent yo‘nalishida dastlabki reys sanasi va jadvali tasdiqlanishi ta’kidlangan.

Kiritildi: 19:20 31.10.2020. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!