Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«Toshkent siti» — maxsus hududmi? Nega qurilishi deyarli yakunlangan binolar hamon hujjatsiz?

«Toshkent siti» — maxsus hududmi? Nega qurilishi deyarli yakunlangan binolar hamon hujjatsiz?

AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ushbu savolga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov javob qaytardi:

«Agar bu haqda biror bir tadbirkor sub’evtik fikrini aytgan bo‘lsa, bu uning o‘z fikri. Maxsus hududlar «Iqtisodiy hududlar to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi, masalan, sanoat bilan bog‘liq erkin iqtisodiy zonalar. Boshqa kimningdir shaxsiy fikri rasmiy ahamiyatga ega emas.

«Toshkent siti» hududida yer ajratish masalalari qonuniy hal etilgan. Qurilish ob’ektini qurishda lozim bo‘lgan hujjatlar turi juda ko‘p. Ular orasida qurilish boshlanmasdan tayyor bo‘ladigani ham, qurilish jarayoni bilan parallel tayyorlanadigan hujjatlar ham bor.

Agar qaysidir qurilish ob’ektining tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjati hamon yo‘q ekanini aniq aytadigan bo‘lsangiz, shunda unga qonuniy baho berish mumkin bo‘ladi».

Kiritildi: 12:39 09.06.2021. O'qildi: 1898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!