Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudangan fuqarolar X.U. va A.D. o‘zaro til biriktirib, umumiy og‘irligi 2,06 kg. bo‘lgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan (“999,9” asllik belgisi tamg‘asi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S va R.L.ga 70 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 35 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:37 14.06.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!