Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan malumot berildi

A A A
Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan malumot berildi



Respublikamizda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillarga ko‘ra ifloslanish bilan bog‘liq. Kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turg‘unligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.
Mamlakatimizning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar – chang miqdori yuqoridir. Bugungi kunda Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent shahrining havo sifatini baholash bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi o‘rganishlar hamda dastlabki hisobotga asosan, Toshkent shahrida PM2.5 mayda dispers zarrachalarining shakllanishida tabiiy chang – 36 foiz, issiqlik ta’minoti – 24 foiz, transport vositalari – 16 foiz, sanoat korxonalari - 13 foizni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

2024 yil 17 may soat 9.00 holatiga ko‘ra, https://www.iqair.com saytida atmosfera havosidagi PM 2,5 mayda dispers zarrachalari miqdori 66 mkg/m³ ni tashkil etgan. So‘nggi yillarda Toshkent shahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgacha) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borishi) vujudga kelishi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi havoning vertikal harakatlariga to‘sqinlik qiladi, natijada mayda zarrachali PM 2,5 mayda dispers zarrachalari konsentrasiyasi oshib borishiga sabab bo‘ladi.

Kuz-qish mavsumida issiqlik ta’minoti tizimida yoqilg‘i sifatida ko‘mir va mazutdan foydalanish natijasida doimiy ravishda uzluksiz mayda zarrachali PM 2,5 mayda dispers zarrachalari konsentrasiyasi oshishi holati kuzatilgan edi. Bahor va yoz oylarida esa, asosan, havo issiq va quruq bo‘lgan kunlarda, ko‘p holatlarda mintaqaga cho‘llanish va qurg‘oqchilik ta’sirida tabiiy chang kirib kelishi oqibatida ifloslantiruvchi moddalar konsentrasiyasi oshishi kuzatiladi.

Bugungi kun holatida esa mazkur ifloslanish yog‘ingarchilikdan keyin hosil bo‘lgan kam miqdordagi tuman, shuningdek, konveksiya jarayoni, ya’ni nam havo oqimi kirib kelishidan oldingi havoning pastdan yuqoriga ko‘tarilishi omili sabab yuz berayotganligini kuzatish mumkin.

Kiritildi: 19:45 17.05.2024. O'qildi: 1640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!