Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahri havosi ifloslanishining sabablari nimada?

Toshkent shahri havosi ifloslanishining sabablari nimada?



So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish jarayonlarining kuchayishi natijasida tabiiy changlar konsentrasiyasi ko‘rsatkichlarining oshishi hamda ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar sonining ko‘payishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar miqdorining sezilarli ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu respublikada, ayniqsa, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi oshishiga ta’sir qilmoqda.
Xususan, 29 sentyabr soat kechki vaqtda Toshkent shahrida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar konsentrasiyasi 166 mkg/m3 ni tashkil etib, xalqaro IQAir ma’lumotlar bazasida dunyoda eng ifloslangan shaharlari reytingida 2-o‘rinda belgilandi.

Respublikamizda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bog‘liq. Shuningdek, kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turg‘unligi kabi sabablar ham atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, shaharlardagi atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining ko‘pligi, yo‘llarning tirbandligi, keng ko‘lamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi — bularning barchasi meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 638,8 mingdan ortiq transport vositasi mavjud, unga qo‘shimcha ravishda bir kunda poytaxtga o‘rtacha 150 mingdan 300 mingggacha transport vositasi kirib keladi. Toshkent shahrida transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2021 yilda 212,4 ming tonna, 2022 yilda esa 403 ming tonnani tashkil etgan, ya’ni zararli tashlamalar 190,6 ming tonnaga (47,3 %) ko‘paygan.

Kiritildi: 13:45 02.10.2024. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!