Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

A A A
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Yangi O‘zbekiston bog‘i yaqinidagi yo‘l Mustaqillik bayramigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi munosabati bilan barcha turdagi transport vositalarining harakati quyidagi yo‘nalish bo‘yicha vaqtinchalik cheklanadi:

Yopiladigan yo‘l qismi: CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha.

Yopilish muddati: 2025 yil 13 aprel 00:00 dan 1 sentyabrgacha.

Hokimiyat keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Kiritildi: 02:48 11.04.2025. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!