Toshkent shahar hokimligi poytaxt avtoturargohlari bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda hokimlikning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
“TOP 500” Forumi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi Toshkent shahrida joylashgan hokimlikka qarashli avtoturargohlarni rekonstruksiya qilish, yangilarini qurish va ulardan foydalanishga sarmoya kiritish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari uchun tender haqida e’lon qilgan.
Mazkur tenderda ishtirok etish uchun Toshkent shahar hokimligining rasmiy sahifasida xabar qoldirish yoki +99895 146 68 88 raqamiga qo‘ng‘iroq mumkin.
Manba: darakchi.uz