Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

"Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qariyb 4 yarim yillik tanaffusdan so‘ng "Toshkent – Moskva Toshkent" yo‘nalishida poyezdlar harakatini amalga oshirish uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da ishlab chiqarilgan zamonaviy, xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, kupe va plaskart vagonlar hamda vagon-restoran ajratildi.

505-sonli Toshkent Moskva poyezdi Qozog‘iston Respublikasining 17 ta, Rossiya Federasiyasining 11 ta temir yo‘l vokzalidan o‘tib, joriy yil 27 sentyabr kuni soat 23:12 da Moskvadagi “Paveleskiy” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

"Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

506-sonli Moskva Toshkent poyezdi esa 28 sentyabr kuni soat 05:40da “Paveleskiy” vokzalidan harakatini boshlaydi. Ushbu xalqaro yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar tashkil etilgan.

"Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!