Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent metrosida ilk bor bepul Wi-Fi ishga tushdi

Toshkent metrosida ilk bor bepul Wi-Fi ishga tushdi

Toshkent metropolitenining ikkita bekatida bepul Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

UzNews.uz muxbirining xabar berishicha, Wi-Fi tajriba tariqasida Paxtakor va Alisher Navoiy bekatlarida ishga tushirilgan.

Yuqorida aytilgan bekatlar markaziy bekatlardan hisoblanadi. Qatnovning tig‘iz paytlarida 500ga yaqin foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi kuzatilmoqda. Kelgusida biz jamoat Wi-Fi tarmog‘ini Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida ishga tushirmoqchimiz , deya ma’lum qilishdi Metrotelecom TM vakillari.

Qayd etish joiz, foydalanuvchilar operatorning media portaliga tashrif buyurish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Unda onlayn TV, film, musiqa va kitoblarni ko‘rish hamda yuklab olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Kiritildi: 17:28 17.01.2019. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!