Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent metrosida 15 daqiqa nosozlik kuzatildi

Toshkent metrosida 15 daqiqa nosozlik kuzatildi

2018 yil 6 dekabr kuni Toshkent metrosining poyezdlaridan birida kichik nosozlik yuz berdi va bu holat tezda bartaraf etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari“ matbuot xizmati “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, soat 18: 18 daqiqa o‘tganda Toshkent metrosining O‘zbekiston yo‘li “Mashinasozlar“ bekatida birinchi yo‘l bo‘yicha harakatlanayotgan metro poyezdi eshiklarining ochilib yopilishidagi havo tizimida nosozlik kuzatilganligi bois mazkur harakat tarkibi depoga olib kirilgan. Ushbu vaqt mobaynida boshqa metro poyezdlari Toshkent metro bekatidan aylantirilib harakat tashkil qilingan.

Nosozlik 15 daqiqada bartaraf etilib, mazkur yo‘nalishdagi metro poyezdlari belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirdi.

Kiritildi: 10:34 07.12.2018. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!