Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent Islom institutida kirish imtihonlari boshlandi

A A A
Toshkent Islom institutida kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi.

Imtihon Qur’on tilovati va duo bilan boshlandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov Muftiy hazratlarining tabriklarini abituriyentlarga yetkazdilar va Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Jaloliddin Nuriddinov omad tilab, duo qildilar.

So‘ngra institut rektori Uyg‘un G‘afurov abituriyentlarga imtihon jarayoni va tartibini tushuntirib o‘tdi.

Ijodiy imtihon materiallari solingan konvert imtihon boshlanishi oldidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi kuzatuvchisi, Toshkent Islom instituti qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar hamda ota-onalar ishtirokida ochilib, bu haqda dalolatnoma tuzildi.

Kuzatuvchilar, ota-onalar imtihon uchun ajratilgan xonalar va imtihon topshiruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Farzandlariga ruhiy dalda bo‘lib, ular bilan hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar va mehmonlar uchun institut hududida salqin ichimliklar va shinam kutish joylari tashkil qilindi. Imtihonlarni talab darajasida o‘tkazish maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlari ham jalb qilindi.

Abituriyentlar ijodiy imtihonda Arab tili fanidan sinovdan o‘tishmoqda. Toshkent Islom institutiga abituriyentlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Aqoid, Fiqh va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari ertaga 25 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2018-2019 o‘quv yili uchun jami 202 abituriyentlardan arizalar qabul qilingan bo‘lib, bu yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 50 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan 8 nafari ayol-qizlardan iborat.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 12:41 24.07.2018. O'qildi: 11930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!