Toshkent shahar hokimligi tadbirkorga tegishli bo‘lgan binoni buzgan va 4 milliard so‘m qarzdor bo‘lgan. Bu haqda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, «L.» MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) uning mulk huquqlari buzilganligidan norozi bo‘lib, biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, hokimning qarori bilan yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinganligi natijasida tadbirkorga tegishli 87 kvadrat metrlik savdo do‘koni buzilgan.
Ushbu mulk mustaqil baholovchi korxona tomonidan qariyb 4 milliard so‘mga baholangan. Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan kompensasiyani to‘lab berish to‘g‘risidagi murojaat Toshkent shahar hokimligiga yuborilganligiga qaramay, kompensasiya to‘lanmagan.
Biznes-ombudsman tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi natijasida Toshkent shahar hokimligiga «L» MCHJga qariyb 4 milliard so‘m kompensasiya to‘lab berish vazifasi yuklatildi.