Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 1 sentyabrdan kamar taqmagan, telefonda gaplashayotgan, yotiq chiziqlarni bosgan haydovchilarga jarima yozishni boshladi (video)

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 1 sentyabrdan kamar taqmagan, telefonda gaplashayotgan, yotiq chiziqlarni bosgan haydovchilarga jarima yozishni boshladi (video)

Toshkent chorrahalaridagi kameralar 1 sentyabrdan boshlab xavfsizlik kamari taqilmagani, telefonda gaplashganlik, yotiq chiziqlarni bosganlik, piyodalarga yo‘l bermaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganlik, mashinani qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab boshqarish va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etishni boshlagan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi Davr» informasion dasturida ma’lum qilingan.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xodimi Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilishicha, qoidabuzarliklar kamera tomonidan avtomatik tarzda emas, balki uni kuzatib o‘tirgan operator-xodim tomonidan qayd etiladi. «Videokuzatuv kameralar o‘rnatilgan chorrahalarda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilarga keskin choralar ko‘rish boshlab yuborilgan», — dedi YHXB matbuot xizmati vakili.

2017 yilning 15 martida Toshkentning 115 tasi chorrahasiga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va ruxsat etilgan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini qayd etishni boshlagan edi. Shahar IIBB YHXB «Kompyuter markazi» bo‘lim boshlig‘i 2017 yil martida bergan intervyusida «uch-to‘rt oydan so‘ng» telefondan foydalangan va kamar taqmagan haydovchilarga ham jarima yozishni boshlashini aytgandi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:20 15.09.2018. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!