Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toqayevning Rossiyadagi bayonoti Qozog‘istonning boshiga balo bo‘ladimi?

Toqayevning Rossiyadagi bayonoti Qozog‘istonning boshiga balo bo‘ladimi?

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Sankt-Peterburg iqtisodiy forumidagi nutqi katta rezonansga sabab bo‘ldi, deb yozadi republic.ru.

Uning savollarga javoblarida ikkita muhim tezis bor edi. Birinchidan, Qozog‘iston DXR va LXRning qonuniyligini tan olmaydi. Ikkinchidan, u G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni buzmaydi. Ko‘pgina ekspertlar hozirda bu juda qattiq bayonotlarning oqibatlari haqida taxmin qilmoqdalar.

Siyosatshunos Arkadiy Dubnov jurnalistlar bilan suhbatda bu masalaga to‘xtaldi.

"Toqayev professional siyosatchi. Deyarli uch yil Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Ya’ni siyosat borasida nima deyayotganini yaxshi biladi. Sankt-Peterburgdagi forumda esa u xuddi sobiq, ammo yuqori martabali xalqaro amaldordek gapirgandek tuyuldi. Amalda esa xalqaro huquq nuqtai nazaridan jahon hamjamiyatining pozisiyasini ifoda etdi. Umuman olganda, u yaqinda Moskvaga kelgan va Putin bilan gaplashgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning dalillarini takrorladi", dedi Arkadiy.

Kiritildi: 09:08 23.06.2022. O'qildi: 11137 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!