Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toqayev YEOIIga integrasiyalashuvning yangi strategiyasini tayyorlashga hojat yo‘q, deb hisoblamoqda

Toqayev YEOIIga integrasiyalashuvning yangi strategiyasini tayyorlashga hojat yo‘q, deb hisoblamoqda

Strategiya 2020 yilda qabul qilingan va 2025 yilgacha hisoblanadi.

«Albatta, bu jarayon avvaliga mo‘ljallangandek tez ketayotgani yo‘q. Buning ob’ektiv sabablari bor. Ayrim masalalar tomonlar uchun nihoyatda nozik», — dedi u Bishkekda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida.

Toqayevning fikricha, pragmatizm va har bir qadamni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan muddatlarni bajarish istagidan ustun bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, barcha ishtirokchi davlatlarning milliy manfaatlarini hisobga olish kerak.

«Biz YEOIIni rivojlantirishning yangi strategiyasini tayyorlashning hojati yo‘q, deb hisoblaymiz, bundan tashqari, milliy hukumatlar huquqlarini cheklashning hojati yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 15:32 09.12.2022. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!