Venerolog bemor qizdan so‘radi:
— Singlim, bunday g‘alatomuz buketni qayerda ilintira qoldingiz?
— Dugonamning to‘yida, do‘xtir.
* * *
Vrach bemordan so‘radi:
— Xo‘sh, og‘ayni, xotira mustahkamlandimi?
— Albatta mustahkamlandi!.. Vey, menga qara, kimsan o‘zing-a? Mening xotiram bilan nima ishing bor?
* * *
Veterinar kasalxonaga keldi. Vrach undan so‘radi:
— Xo‘sh, nimadan shikoyatingiz bor?
— Vey, menga qara, namuncha so‘rayverasan? Undan ko‘ra, davola! Men-chi, jonivorlardan «Nimadan shikoyating bor?» deb so‘ramayman, bildingmi?!.
— Shunaqami? Xo‘p, mayli. Hamshira, manavi odamning tiliga dori suring! Agar yordam bermasa, tilini kesib tashlaymiz!
* * *
Hayvonot bog‘ida ona to‘rt yashar o‘g‘liga dedi:
— O‘g‘lim, sherning qulog‘idan tortma! Burgasi ko‘pga o‘xshaydi. Senga o‘tib qolmasin tag‘in!