Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in sodir bo‘lgani va unda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik. Fojia oqibatida ishchilari halok bo‘lgan Greenwood kompaniyasining rahbari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda viloyat huquq-tartibot idoralari xabar bermoqda.

Bu fojiadan so‘ng TIV bir guruh mutaxassislari Tomsk viloyatiga jo‘nab ketgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, yonib ketgan uyda “Greenwood” o‘rmon xo‘jaligi kompaniyasining 14 xodimi istiqomat qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya rahbari vaqtincha hibsxonada saqlanmoqda. Xabarga ko‘ra, "Greenwood" MCHJ zavodi hududida yong‘in sodir etilganligi sabab jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining 109-moddasi (“Ikki yoki undan ortiq shaxsning ehtiyotsizligi tufayli o‘limga sabab bo‘lish”)ga muvofiq, kompaniya hujjatlari tortib olingan.

Ma’lumot o‘rnida, "Greenwood" yog‘och ishlab chiqarish kompaniyasi Tomsk viloyatining Asinovskiy tumanida 2011 yildan beri faoliyat olib boradi. 2018 yildan boshlab korxonaning yagona ta’sischisi Ma Tsangui. 2019 yildan buyon bosh direktor Sun Anyi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:45 26.01.2020. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!