Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tomskda yonib ketgan 10 nafar hamyurtlarimiz jasadi olib kelindi

Tomskda yonib ketgan 10 nafar hamyurtlarimiz jasadi olib kelindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Tomsk oblastida yong‘in natijasida, O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan edi.

Tomskda halokatga uchragan o‘zbekistonliklar bugun tongda yurtimizga olib kelindi.

TIV, IIV va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asinovskiy tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahriga yetkazildi.

Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi.

 

 

Kiritildi: 14:11 26.01.2020. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!