Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tom Kruz “Oltin globus” mukofotlarining barchasini qaytarib berdi. Sababi...

Tom Kruz “Oltin globus” mukofotlarining barchasini qaytarib berdi. Sababi...

Gollivud aktyori Tom Kruz shu vaqtgacha qo‘lga kiritgan barcha “Oltin globus” mukofotlarini qaytarib berdi va ularni Gollivudning xorijiy matbuot assosiasiyasiga topshirdi.

Ijodkorning bu qaroriga hay’at a’zolari bilan bog‘liq janjal sabab bo‘lgan. Tushunmovchilik hay’at a’zolari orasida irqiy xilma-xillik ta’minlanmagani tufayli kelib chiqqan. Ro‘yxat e’lon qilinganida hay’at a’zolari orasida birorta ham qora tanli odam yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Bu esa ko‘plab tashkilotlarning g‘azabini keltirgan, NBC kanali esa mukofotni topshirish marosimini efirga uzatishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Tom Kruz “Oltin globus” mukofotini shu kunga qadar uch marta qo‘lga kiritgan. Mazkur mukofot AQShda nufuzi bo‘yicha “Oskar”dan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.

Kiritildi: 18:20 12.05.2021. O'qildi: 5218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!