“Tolibon” Afg‘onistondagi yangi qurilgan uylarda hovli, oshxona va quduq ko‘rinib turadigan derazalarni o‘rnatishni taqiqladi, chunki bu joylarda ayollarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Eski uy egalaridan esa derazalarini yopish yoki ularni devor bilan to‘sish talab qilinmoqda. AFP'ning yozishicha, farmonda bu o‘zgarishning sababi sifatida ayollar hayotini kuzatish "nojo‘ya harakatlarga olib kelishi mumkinligi" ta’kidlangan.
"Shuningdek, “Tolibon” ayollar hali ishlayotgan barcha nodavlat tashkilotlarni (NNT) yopishini e’lon qildi. “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin NNTlarga afg‘on ayollarini ishga qabul qilmaslikni buyurgan edi. Afg‘oniston Iqtisodiyot vazirligi NNTlarga so‘nggi ogohlantirishni berdi, agar ular talabni bajarmasa, mamlakatda ishlash lisenziyasidan mahrum bo‘lishadi.
“Tolibon” bunga qadar Afg‘oniston ayollariga ko‘plab faoliyat turlari bilan shug‘ullanishni, aksariyat jamoat joylariga borishni, shu jumladan, maktabning oltinchi sinfidan yuqori ta’lim olishni taqiqlagan edi.