Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish maqsadida qo‘shni Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Himoya kombinezoni va ko‘zoynak, suyuq natriy gipoxloridi, respirator, qo‘lqop, pirometr singari tibbiy vositalar, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xo‘jalik tovarlaridan iborat insonparvarlik yuki ortilgan ezgulik poyezdi Surxondaryo viloyatidan Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi.

– Insoniyat uchun umumiy ofatga aylangan ushbu kasallikka barcha davlatlar bahamjihat bo‘lib kurashsa, xavfu xatarni tezroq bartaraf etish mumkin, – deydi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Abramatov. – Bu masalaga O‘zbekiston alohida e’tibor bilan qaramoqda. Yon qo‘shnimiz Tojikistonga ko‘rsatilgan yordam ham ana shunday ezgu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, shu paytgacha koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan bir qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi, Eron va Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natilgan edi.

Kiritildi: 20:59 09.04.2020. O'qildi: 3594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!