Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonda zakot miqdori 625 somoni etib belgilandi

Tojikistonda zakot miqdori 625 somoni etib belgilandi

Tojikiston Ulamolar kengashi bu yil mamlakatda Ramazon oyi 13 apreldan boshlanishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda AsiaPlus nashri.

O‘tgan yilgi Ramazonda koronavirus xavfi tufayli masjidlarda tarovih o‘qilishi va boshqa diniy marosimlarni o‘tkazish taqiqlangan edi. Bu yil esa Tojikiston masjidlarda tarovih namozini jamoat bo‘lib, belgilangan sanitaniya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda o‘qish mumkin bo‘ladi.

Din ishlari qo‘mitasi matbuot kotibi Afshin Muqimning aytishicha, Ulamolar kengashining qaroriga binoan joriy yilgi zakot miqdori 625 somoni (taxminan 55 AQSh dollari) etib belgilandi.

Ro‘za tuta olmaydigan kishilar esa 360 somoni fidya to‘lashi zarur bo‘ladi.

O‘tgan yili Tojikistonda Ramazon oyi 24 aprelda boshlangan va 23 maygacha davom etgan edi.

Kiritildi: 18:19 10.04.2021. O'qildi: 2872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!