Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikistonda prezidentlikka nomzodlarning oxirgi ro‘yxati aniq bo‘ldi

Tojikistonda prezidentlikka nomzodlarning oxirgi ro‘yxati aniq bo‘ldi

Tojikistonda 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida qatnashadigan nomzodlarning yakuniy ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Mamlakatdagi yetti siyosiy partiyadan bittasi saylovda qatnashmaslikka qaror qildi.  

Tojikiston kommunistik partiyasi prezidentlikka nomzod sifatida o‘z yetakchisi Mehroj Abdullayevni ko‘rsatdi.

Xalq demokratik partiyasi, Mustaqil kasaba uyushmalari federasiyasi va Yoshlar ittifoqining nomzodi esa amaldagi prezident Imomali Rahmon bo‘ldi. 

Prezident saylovida Agrar partiyasi nomidan uning yetakchisi Rustam Latifzoda, Sosialistik partiyadan Abduhalim G‘afforov, Demokratiya partiyadan Saidja’far Usmonzoda, Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda qatnashadi. 

Sosial-demokratik partiya esa saylovga boykot e’lon qildi. Uning yetakchisi Rahmatillo Zoyirov partiya tarafdorlarini saylovda qatnashmaslikka chaqirdi. 

Tojikistonda prezident saylovi oxirgi bor 2013 yilning 6 noyabrida bo‘lib o‘tgan va unda olti nomzod ichidan Imomali Rahmon 83,92 foiz ovoz bilan yutib chiqqan edi.

Kiritildi: 17:52 07.09.2020. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!