Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)

11 oktyabrda Tojikistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident lavozimiga 5 nomzod, jumladan amaldagi prezident Imomali Rahmon kurash olib boradi. 

Shu munosabat bilan saylov uchastkalari soat 6:00 dan o‘z ishini boshlagan va soat 20:00gacha ishlaydi. Hammasi bo‘lib respublikada 3375 ta, 29 ta xorijiy davlatda esa 39 ta saylov uchastkasi faoliyat olib boradi. 

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)
       
Saylovlarda 4,9 mlndan ko‘proq kishi ishtirok etish huquqiga ega.

Prezident lavozimiga 5 nomzod kurash olib boradi: amaldagi prezident Imomali Rahmon, kommunistlardan Miroj Abdulloyev, Sosialistik partiyadan Abduhalim G‘afforzoda, agrariylardan Rustam Latifzoda va Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda.   

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)

Respublikada pandemiya sharoitida saylovlar o‘tkazilishiga jiddiy yondashilib, barcha uchastkalarda dezinfeksiyalovchi vositalar, qo‘lqoplar va tibbiy niqoblar zaxiralari tayyorlab qo‘yilgan. Uchastkalarga kiruvchi barchaning tana harorati o‘lchanadi, har 2-3 soatda sanitar ishlov o‘tkaziladi.

Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun saylovchilarning kamida 50 foizining ovozini to‘plash kerak. Bunda saylovlardagi ishtirok 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Prezident o‘z lavozimini qatorasiga ikkita 7 yillik muddat egallash huquqiga ega. Biroq bu qoida 1994 yildan beri respublikani boshqarib kelayotgan Imomali Rahmonga nisbatan amal qilmaydi.

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)Saylovlarni xalqaro kuzatuvchilar kuzatib boradi. Bunda gap YEXHT, MDH Parlamentlararo assambleyasi, MDH Ijroqo‘mi, SHHT, shuningdek, Rossiya va O‘zbekistondan borgan 122 nafar xalqaro kuzatuvchilar haqida bormoqda.

Tojikistonda prezident saylovlari qanday o‘tmoqda? (+foto)

Saylovlarning dastlabki natijalari 12 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 10 kun ichida e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda o‘tgan saylovlarda Rahmon ovoz beruvchilarning 86,64 foizlik ishtirokida 83,92 foiz ovoz to‘plagan.   

Kiritildi: 14:48 11.10.2020. O'qildi: 4006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!