Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonda 1 fevraldan yana masjidlar ochiladi

Tojikistonda 1 fevraldan yana masjidlar ochiladi

1 fevraldan boshlab Tojikiston masjidlarida jamoat namozlarini o‘qishga ruxsat berilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Aziya-Plyus manbasiga asoslanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror bugun respublika shtabi yig‘ilishida qabul qilingan.

Manbaning ta’kidlashicha, yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Din qo‘mitasiga namozni o‘qish shartlarini hisobga olgan holda, masjidlarda koronavirus bilan yuqish xavfi darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

"Agar kutilmagan holatlar 1 fevralgacha ro‘y bermasa, u holda masjidlarda namoz o‘qishga ruxsat beriladi", dedi manba.

Tojikistonda masjidlar 2020 yil 3 martda yopilgan. Mart oyi oxirida yana masjidlarda namoz o‘qishga ruxsat berildi, ammo 18 apreldan boshlab virus tarqalishining oldini olish uchun masjidlar yana yopildi. 

Kiritildi: 15:39 20.01.2021. O'qildi: 3014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!