Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiya eksportini to‘xtatdi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiya eksportini to‘xtatdi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiya sotishni to‘xtatdi. Bunga sovuq tushishi ortidan ichki bozorda elektrga talab ortgani sabab bo‘ldi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, rasmiy Dushanbe Tojikistonning ichki ehtiyoji qondirlgani holda O‘zbekistonga aprel-oktyabr oylari oralig‘ida elektr energiya yetkazib beradi.

2019 yil aprel-sentyabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 mlrd kVt/ch elektr energiya eksport qilgan. Sentyabrdan boshlab mamlakatda elektr energiyasiga talab ortgani sababli eksport kamaygan.

Noyabr oyining o‘rtasiga kelib Tojikiston O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni butunlay to‘xtatib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:44 04.12.2019. O'qildi: 3017 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!