Tojikiston Bahri-Tojik suv omboridan Qozog‘istonga 315 million kubometrni yo‘naltirishga rozi bo‘ldi. Bu yoz oylarida Qozog‘istonni zarur suv bilan ta’minlashga yetadi.
Suv Qirg‘iziston orqali Qozog‘istonning Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlariga yetkazib beriladi, deb yozadi Eurasia Net.
Ushbu kelishuv Tojikiston poytaxti Dushanbeda Qozog‘istonning ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliyev va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng amalga oshirildi.
"Qozog‘iston, o‘z navbatida, Bahri-Tojik suv omborining tugashidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarga olib kelganda, Tojikistonni moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi", dedi Mirzagaliyev.