Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston qamoqxonasidagi uyushtirilgan isyon ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Tojikiston qamoqxonasidagi uyushtirilgan isyon ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

“Islom davlati” terrorchilik tashkiloti (Rossiyada taqiqlangan) Tojikistonning Vahdat shahri yaqinidagi koloniyadagi isyon uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

“Al-Nabaa” haftalik gazetasida terrorchilik tashkiloti Tojikiston koloniyasidagi g‘alayonni “xalifat askarlari” sodir etganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vahdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada isyon ko‘tarilgandi. Isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirilgandi.

Tojikiston Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, koloniyada tartibsizliklarga Behruz Gulmurod (Halimov), Faxriddin Gulov, Maxmadullo Sharipov, Ruxullo Hasanov bevosita rahbarlik qilgan. Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qo‘mondoni Gulmurod Halimovning o‘g‘li, u 2015 yilda terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan va Suriyada o‘ldirilgan. Behruzga 2017 yilda 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.

 

Kiritildi: 11:01 15.06.2019. O'qildi: 3595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!