Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Tojikiston fuqarosi Rossiya foydasiga josuslikda ayblanmoqda

Tojikiston fuqarosi Rossiya foydasiga josuslikda ayblanmoqda

Kosovo hukumati Tojikiston fuqarosi 52 yoshli Sitora Atomamadovani Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblab hibsga oldi.

Insider nashrining xabar berishicha, tojikistonlik ayol Kosovoda qolish muddatini uzaytirish masalasini hal qilish uchun ushbu mamlakat migrasiya xizmatiga murojaat qilgan paytda qo‘lga olingan. Rasmiylar uning mamlakatda bo‘lishi «milliy xavfsizlikka tahdid solishi» va Atomamadovaning Kosovodan chiqarib yuborilishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Hozirda asli Tojikiston fuqarosi xorijliklarni vaqtincha saqlash markazida saqlanmoqda.

Xorug‘lik Sitora Atomamadovaning yaqinlari Sitora Rossiya foydasiga josuslik bilan shug‘ullangan degan versiyaga ishonmasliklarini aytishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Atomamadova so‘nggi 15-20 yildan beri Kosovoda yashaydi va Rossiya fuqaroligiga ega emas.

Shuningdek, ayol ilgari ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagani va surunkali o‘pka kasalligiga chalingani ma’lum qilingan.

Kiritildi: 23:48 13.11.2024. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!