Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikiston bosh prokuraturasi qirg‘izistonlik harbiylar va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Tojikiston bosh prokuraturasi qirg‘izistonlik harbiylar va fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Tojikiston bosh prokuraturasi bir guruh Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari va fuqarolariga zo‘ravonlik, ikki va undan ortiq kishini o‘ldirish, inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarni qasddan buzish ayblovlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, qirg‘iz harbiylari Tojikiston mustaqilligi, yaxlitligiga putur yetkazish va mamlakat hududini bosib olish maqsadida turli rusumdagi harbiy texnika va o‘qotar qurollardan foydalanib Isfara, Konibodom, Bobojon G‘ofurov, Jabbor Rasulov va Lahsh shahar va rayonlaridagi Tojikiston chegara o‘tkazuv punktlari va aholi maskanlariga qurolli hujum uyushtirgan.

«Qirg‘iziston Tojikiston hududini egallab olish maqsadida avvaldan tajovuzkor urushni rejalashtirgan va chegaraoldi rayonlarda og‘ir turdagi yerusti va havo harbiy texnikalarini va ko‘psonli harbiylarni joylashtirgan. Shu bilan birga, Qirg‘izistonning chegara atrofida yashaydigan 140 mingdan ortiq fuqarosi avvaldan boshqa rayonlarga evakuasiya qilingan», - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 00:16 26.09.2022. O'qildi: 2469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!