AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi AQSh fuqarolariga uy hayvonlari, ayniqsa, tipratikanlarni o‘pmaslikni maslahat bermoqda. Bu haqda Nyu-York Post xabar berdi.
Shifokorlar aytishicha, tipratikanlarda eng xavfli deya ta’kidlanadigan Salmonella Tuphimurium epidemiyasi bo‘lib, bugungi kunda kamida 11 kishi uni yuqtirgan. Co‘nggi bir necha kun ichida kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning aytishiga qaraganda, kasallik tipratikanni o‘pganlaridan so‘ng paydo bo‘lgan.
Salmonella Tuphimurium meva va sabzavotlar bilan oziqlanadigan va tashqi dunyo bilan aloqa qilmaydigan tipratikanlarning shilliq qavatidan olingan organizmida aniqlangan.
Ushbu xastalikka chalinmaslik uchun shifokorlar mahalliy aholiga gigiyena qoidlariga rioya qilishni so‘rashmoqda.